"Milan"ni boshqarish uchun nomzodlar orasida APL, Italiya va Rossiya chempionlari bor

Alisher
30 sen 2019, 14:24
"Milan" omadsiz startdan so'ng jamoa bosh murabbiyini almashtirish haqida o'ylamoqda.

Xabarlarga qaratganda, jamoani boshqarishga asosiy nomzodlar sifatida Massimiliano Allegri, Luchano Spalletti va Klaudio Ranerilar tilga olinmoqda.

Allegri "Milan" rahbariyati uchun qulayroq variantlardan biridir. Ammo, klubning unga mutaxassis xohlaganidek maosh bera olishi qiyin masala.

Bundan tashqari, Spalletti ham juda yuqori maosh talab qiladi. Raneri esa bosh murabbiylikka zaxira nomzodi sifatida ko'rilmoqda.

Allegri o'z vaqtida Italiya chempioni, Spalletti Rossiya va Raneri APL chempioniga aylangan.

Eslatib o'tamiz, jamoani hozirda Marko Jampaolo boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato