"Milan" Tovenni xarid qilishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019, 13:13
"Marsel" yarim himoyachisi Floryan Toven faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Rossonerlar xavbek transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga siljishdi va tez orada ushbu xarid bo'yicha kelishuvga erishishlari mumkin. "Marsel" Toven transferidan 30-40 mln. evro ishlab olmoqchi, chunki uning klub bilan shartnomasi 2 yildan so'ng yakuniga etadi.

26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Liga 1ning 29ta o'yinida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia