“Milan” rahbariyati “Zenit” futbolchisiga qiziqish bildiryapti

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2018, 09:29
“Zenit” klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes yanvar oyida “Milan” jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Calciomercato bergan xabarga ko'ra, “rossoneri”lar qishki transfer bozori chog'ida futbolchini o'z saflariga qo'shib olish uchun urinib ko'rishadi. Joriy mavsumda Paaredes 6ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi.

Milaniklar Paredesdan tashqari PSJ futbolchisi Adriene Rabioga ham qiziqish bildirishgan. Rabio kelasi yil yozda erkin agentga aylanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif