Milan mana shu futbolchi uchun 28 mln evro bermoqchi FOTO

Narzulla Saydullayev
17 may 2017, 08:15
Atalanta yarim himoyachisi Frank Kessie faoliyatini Milanda davom ettiradi.

Kessie aynan rossonerlar safiga o'tishga qaror qildi. Klublar transfer borasida kelishuvga erishishdi. Atalanta futbolchi uchun bonuslar bilan 28 million evro oladi.

Ivuarlik futbolchining o'zi Milan bilan 5 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 2,5 million evro maosh oladi. Kessiega Roma ham qiziqqandi, ammo bu taklif rad qilindi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com