Kessie Saudiya klubi bilan kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
4 avg 2023, 00:31
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessie "Al Ahli" bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli ivuarlik futbolchi 2026 yilgacha mo'ljallangan katta maoshli shartnomaga rozi bo'lgan.

“Al Ahli”ning tayanch zonasini mustahkamlashdan asosiy maqsadi “Fiorentina” futbolchisi Sofyan Amrabat bo'lgan, marokashlik o'yinchi esa Saudiya klubi taklifini rad etdi, chunki u “Manchester Yunayted”dan taklif kutmoqda.

Kessie o'tgan mavsum La Liganing 28 o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira