"Al Ahli" Kessie uchun "Barselona"ga qancha to'laydi?

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 17:30
Frank Kessie yaqin vaqtlarda Saudiya Arabistoni tomon yo'l oladi.

Oldinroq "Barselona" va "Al Ahli" ivuarlik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. "Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Al Ahli" ertaga ushbu transferni e'lon qilishi kutilmoqda. "Barselona" Kessiening ketishidan 12 mln evro ishlab oladi.

Futbolchi yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 14 mln evro maosh oladi. "Barselona"da u shundan ikki baravar kam maoshga o'ynagandi.

Frank o'tgan yozda "Milan"dan erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tgandi. U o'tgan mavsum 43 o'yinda 3 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana