"Milan" Ibragimovich uchun uch futbolchisini sotib yuborishga tayyor

Alisher
14 noya 2019, 16:45
Shvetsiyalik hujumchi A Seriyaga qaytishga yaqin.

38 yoshli forvardni "Milan" o'z tarkibiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagan.

Milan klubi Ibragimovichni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun Fabio Borini, Frank Kesse va Rikardo Rodriges kabi o'yinchilar bilan xayrlashishga tayyor.

"Milan" bu futbolchilarning sotuvidan 60 million evro ishlab olishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich yaqinda AQSH klubidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport