


Bugun 39 yoshli hujumchi "Milan"da qolishni istayotgani, uning agenti Mino Rayola jamoa rahbariyati bilan muzokara boshlagani haqida xabar berilgan edi. Corriere della Serra gazetasining navbatdagi xabarida "Milan" rahbariyati ham Zlatan bilan shartnomani uzaytirishni xohlayotgani ma'lum qilindi. Biroq, tomonlarning bu boradagi yakuniy qarori bahorda qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun, 39 yoshli hujumchi bilan imzolangan amaldagi shartnoma 2021 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
FOTO O'zimizning karikatura. "Ibragimovichni koronavirus ham, "Inter" ham engolmadi"



