"Milan" - A Seriya peshqadami! "Rossonerilar" ajoyib natija qayd etishyapti

17 okt 2020, 23:43
"Milan" A Seriya 4-turida "Inter"ni (2:1) mag'lub qildi.

“Milan derbi”sida Ibragimovichning dubli jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi 

Shu tariqa "Rossonerilar"ning barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 20 ta o'yinga etdi – 15 g'alaba, 5 durang.

Stefano Pioli jamoasi A Seriya o'tgan mavsumining restartidan beri yutqazgani yo'q.

"Milan" so'nggi marta mart oyida "Jenoa"ga (1:2) qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Joriy mavsumning ortda qolgan 4 turida g'alaba qozongan "qizil-qoralar" turnirning yakka peshqadamiga aylanib olishdi!

TURNIR JADVALI BILAN TANISHISHISH

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia