Mikola Mikityuk: "G'alaba bizniki emas, yurtimiz uchun jon fido qilayotgan barcha vatan himoyachilariniki"

Оқил Абдубарноев
25 sen 2024, 00:44
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina a'zosi Mikola Mikityuk saytimizga intervyu berdi.

"Biz o'z vazifamizni bajarib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'zbekistonga tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizdan juda minnatdorman. Mazkur g'alaba bizning emas, yurtimiz uchun jon fido qilayotgan barcha vatan himoyachilarining g'alabasi hisoblanadi. 

Biz shunchaki o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qildik va rejalarimiz ish berdi. Endi keyingi o'yinga qadar tiklanishga harakat qilamiz", dedi Mikityuk.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya - Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia