Messi va PSJ shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishmoqda. Leo Chempionlar ligasida gol urish bo'yicha Ronalduning rekordini yangilashni va Amerika Kubogi-2024'da g'olib chiqishni istaydi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2023, 21:12
Lionel Messi va PSJ klubi o'zaro shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Futbolchi va klub o'rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. L'Equipe nashrining yozishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilmoqda, ular yana bir nechta tafsilotlarni kelishib olishlari kerak.

Ulardan biri yangi shartnomaning amal qilish muddati sanaladi. Shu bilan birga, PSJ moliyaviy feyr-pley bilan hisoblashishi lozim, chunki UEFA klubga nisbatan 65 million evro jarima belgilagan, uning 10 millioni yaqin orada to'lanishi kerak. Qayd etilishicha, klub futbolchi bilan shartnoma imzolaganidan keyin uning atrofidagilarga komissiya pulini to'liq to'lamagan.

Qatar amiri argentinalik futbolchini tarkibda saqlab qolish niyatida. Yaqin bir necha hafta ichida Messining otasi va PSJ rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Inter Mayami" Lionelni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo hujumchining o'zi MLSga o'tishni istamayapti, chunki u Yevropaning top-klubida o'ynash niyatida, qolaversa, terma jamoa bilan Amerika kubogida g'olib chiqish uchun yuqori formasini saqlab qolmoqchi.

Shuningdek, Chempionlar ligasida urilgan gollar soni bo'yicha ayni paytda Krishtianu Ronaldu to'purar sanaladi - portugaliyalik forvard ushbu turnirda 140 ta gol urgan. Messi 129 ta to'p bilan 2-o'rinda va hujumchi ushbu rekordni yangilashni istaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Get French Football News