Messi so'nggi 10 mavsumda jarimadan gol urish bo'yicha lider. Ikkinchi o'rinda esa "Yuventus"ning butun tarkibi

Alisher
12 noya 2020, 15:00
"Barselona" sardori Lionel Messi jarimadan gol urish bo'yicha so'nggi 10 mavsumda Yevropada yetakchi sanaladi.

Argentinalik futbolchi bu vaqt davomida 33 bor jarima zarbasini golga aylantirdi.

Qayd etish kerakki, Messi jarimalardan gol urish bo'yicha butun klublardan ham oldinlab ketgan. Bu borada unga "Yuventus" yaqinroq keladi - jarimadan 31ta gol.

Undan keyingi o'rinlarda "Real" (26) va "Roma" (24) bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN