Messi Singapurga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017, 15:54
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 13 iyun kuni bo'lib o'tadigan Singapurga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik forvard 30 iyun kuni Antonella Rukucco bilan bo'lib o'tadigan to'yga tayyorgarlik ko'rayotgani tufayli bahsda ishtirok etmaydi.

Xuddi shunday sababga ko'ra Singapurga qarshi bahsni Nikolas Otamendi ham o'tkazib yuboradi. Uning to'yi 16 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Clarin