

Lionel Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, argentinalik futbolchi 2024 yilgacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo'lgan shartnoma tuzadi.
Forvardning maoshi yiliga 40 million evroni tashkil qiladi.
35 yoshli Messining PSJ bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.



