Messi jarohat sabab "Leyptsig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 22:21
Futbolchining jarohatdan to'liq qutilgani so'roq ostida.

PSJ hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasining 4-turidan o'rin olgan "Leyptsig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. 34 yoshli futbolchi o'zidagi noqulaylik sabab PSJning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.

Eslatib o'tamiz, Messi "Lill"ga qarshi o'yinning birinchi taymidan so'ng, jarohat olganligi sabab almashtirilgandi. Futbolchining tizzasidagi ushbu jarohat hali ham biroz noqulaylik tug'dirayotgan bo'lishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport