Messi Jahon chempionatida 2 tarixiy rekordni o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
27 noya 2022, 09:15
Qatardagi mundial 2-turida Argentina terma jamoasi 2:0 hisobida Meksikani engdi.

Uchrashuvda faol harakat qilgan Lionel Messi avvaliga, o'yinda chiroyli tarzda hisobni ochdi va keyin Enco Fernandesning goliga hammuallif bo'ldi.

Shu tariqa, Messi JCHda bir o'yin davomida gol+pas bergan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 35 yosh-u, 155 kunlik (Squawka manbasi). U mazkur natija bo'yicha 2006 yil Serbiyaga qarshi bahsda eng yosh futbolchiga ham aylangan – 18 yosh-u, 357 kunlik.

Bundan tashqari, Leo 5 ta mundialning har birida assistga erishgan ilk futbolchi sifatida rekord qo'ydi:

2006 – 1 ta;

2010 – 1 ta;

2014 – 1 ta;

2018 – 2 ta;

2022 – 1 ta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka