Messi: "Italiya futboli avvalgidek emas"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatining Italiyasiz qanday tasavvur qilayotgani haqida gapirdi.

"Italiya futboli so'nggi bir necha yilda avvalgidek emas va o'ylashimcha, bu faqat Italiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani bilan bog'liq emas. Masalan, "Milan" va "Inter" kabi yirik klublar 10 yil avvalgidek emas. Ular Chempionlar ligasida o'ynashmayapti va bu butun Italiya futboliga tegishli. Bunday jamoalar evrokuboklarda o'ynab, o'sha erda raqobatlashishi kerak.

Italiya va Gollaniya jahon chempionatiga chiqa olmasligini hech kim kutmagan edi. Ammo bugun futbolda xatto kichik jamoa ham hayotimizni qiyinlashtirishi mumkin.

Argentina JCHga chiqish uchun rosa qiynladi. Saralash davomida bizda murabbiylar o'zgardi. Ularning har biriga ko'nikish oson emas. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. So'nggi murabbiy Sampaoli bo'ldi va uning qo'l ostida faqat to'rtta saralash uchrashuvi va bir nechta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Rivojlanishda davom etishimiz kerak, chunki futbolda raqobatbardosh jamoalar ko'p va g'alaba qozonish qiyinlashib bormoqda" - deydi Messi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport