Messi - eng zo'ri!

28 iyun 2026, 16:41
JCH–2026 guruh bosqichidan so'ng Lionel Messining statistikasi e'lon qilindi.

39 yoshli argentinalik hujumchi Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) 80 daqiqa maydonda harakat qildi, Avstriyaga qarshi bahsni (2:0) to'liq o'tkazdi va Iordaniya bilan uchrashuvda (3:1) ikkinchi bo'limda maydonga tushib, 30 daqiqa o'ynadi.

Messi guruh bosqichida 2,69 xG ko'rsatkichiga qaramay 6 ta gol urdi. Shuningdek, u to'pga 155 marta teginib, shundan 12 tasini raqib jarima maydonida amalga oshirdi. U 13 ta yakkakurashda g'alaba qozondi, darvoza tomon 9 ta aniq zarba yo'lladi, 6 ta golli vaziyat yaratdi va o'ziga nisbatan 6 marta qoida buzilishiga erishdi.

6 ta gol bilan Lionel Messi mundial guruh bosqichining eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning eng yaqin taqibchilari hisobida esa 4 tadan gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia