Messi: "Barselona"ning maqsadlari avvalgidek - biz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish"

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2016, 12:05
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklarning yangi mavsum uchun maqsadi haqida so'zlab berdi.

"Yangi mavsum uchun maqsadlarimiz avvalgidek - biz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish. Chempionlar ligasi - "Barselona" uchun doimo katta musobaqa. Bu men ko'p marta yutishni istagan o'zgacha turnir. Buni bajarish doimo qiyin va joriy yilda hech narsa o'zgarmaydi, chunki Yevropaning top-klublari yanada kuchayishdi. Biz o'z tarkibimiz kuchiga ishonamiz" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Record