Mertens "Napoli" bilan shartnoma uzaytirishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
31 may 2016, 11:45
"Napoli" yarim himoyachisi Dris Mertens Evro-2016dan so'ng Neapol klubi bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.

Futbolchining amaldagi kelishuvi 2018 yilgacha belgilangan. Ma'lum bo'lishicha, 29 yoshli belgiyalik yangi bitimga ko'ra yiliga 2 mln. evro maosh oladi, kelishuv muaddit esa noma'lum.

Mertens yakunlangan mavsumda Italiya chempionatining 33 uchrashuvida 5 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia