Meksikalik futbolchi Jahon Chempionati tarixiga kirdi

28 iyun 2018, 08:38
Futbol bo'yicha Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon Chempionati F guruhida 3-tur o'yinlariga yakun yasaldi.

Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Xesus Galyardo JCH-2018 guruh bosqichining 3-turi doirasidagi Shvetsiya qarshi o'tkazilgan o'yinning 15-soniyasida qo'polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

Shu tariqa Galyardo Jahon Chempionatida eng tez sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord 1986 yilgi mundial o'yinida 51-soniyadayoq qizil kartochka olgan urugvaylik Xose Batistaga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta