Mbappening diskvalifikaciyasi 3ta o'yindan 5taga yetishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 14:35
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining yana bir nechta uchrashuvida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ayni damda forvard "Nim" bilan bahsdagi vaziyat uchun 3ta uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak. O'shanda Mbappe raqib yarim himoyachisi Teyi Savaneni qo'pol "podkat" uchun turtib yuborgan edi. "Nim" futbolchisi 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Savane intizom qo'mitasining qaroridan norozi. Futbolchi huquqlarini himoya qiluvchi yuristlar Mbappening chetlatilishi Teyi Savanenikidek bo'lishi uchun apellyaciya berdi.

Joriy mavsum Mbappe Fransiya chempionatining 3ta uchrashuvida maydonga tushdi va bu bahslarda 4ta gol urib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS