Mbappe Vinisius haqida: "U kabi futbolni tushunadiganlar juda kam"

Mirjalol Normatov
27 noya 2025, 21:59
"Real" futbolchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Vinisius Juniorni jamoaning muhim futbolchisi sifatida tarifladi.

"U kabi futbolchi bilan bir jamoada o'ynash men uchun katta sharaf. Faoliyatim davomida ko'plab yuqori darajadagi hujumchilar bilan o'ynaganman.

U bilan bir jamoada o'ynayotganimdan xursandman, u kabi futbolni tushunadiganlar juda kam. Istalgan vaqtda holatni o'zgartirib yuboradigan futbolchilardan biri. Unga o'zini ko'rsatishi uchun bizam imkoniyat yaratishimiz kerak.

So'nggi 3 o'yinda men jamoa uchun hech narsa qila olmayotgandim. Yordamim tegmayotgani uchun oldinga harakatlanish, effektiv bo'lish juda qiyin bo'ldi. Endi nafaqat raqamlarda, balki, har tomonlama jamoaga yordam berishga tayyorman", - dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia