Mbappe 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
3 may 2019
Fransiya futbol federatsiyasi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni jazoladi.

Mbappe "Renn"ga qarshi Fransiya Kubogi finalida raqib jamoa himoyachisi Da Silvaga nisbatan juda qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka olgan edi. Fransiya futbol federatsiyasi forvardni 3ta o'yinga chetlatdi.

Bundan tashqari, PSJning boshqa hujumchisi - Neymarga nisbatan intizom ishi ochilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fff.fr