Matbuot kotibini safarga olib ketmagan jamoa jarimaga tortiladi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2016, 10:24
O'zPFLning 2016 yili amalda qo'llaydigan reglamentiga ko'ra matbuot kotiblari oliy liga - 2016dagi barcha safar o'yinlarida ishtirok etishlari shart.

Ko'plab klublar aynan matbuot kotiblaridan klub moliyasiga pul iqtisod qilib qo'yishni istashadi. Endi, iqtisod qilgan klub, aksincha jarima to'lash tufayli undan ancha ko'p pulni yo'qotishlari mumkin.

Matbuot kotibini safar o'yiniga olib ketmagan klub eshitishimizcha 2 million so'm miqdorida jarimaga tortiladi. Agar bu holat ikkinchi marotaba qaytalansa, jarima miqdori 5 million so'mgacha yetishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia