Matbuot Gonsalo Iguainning "Chelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tish sanasini bilib qoldi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 11:44
"Yuventus"ga tegishli bo'lgan "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguainning "Chelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tish sanasi ma'lum bo'ldi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, bu 18 yanvar juma, yani bugungi kunga rejalashtirilgan. Demak, futbolchi bugunoq "Chelsi" futbolchisi sifatida tanishtirilishi mumkin.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Chelsi" argentinalikni mavsum yakuniga qadar va buni bir yilga uzaytirishi mumkinligi bilan ijaraga oladi.

Bu mavsumda Iguain "Milan" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia