Massemiliano Allegri: “Dibalani Messi, Ronaldu va Neymar bilan tenglashtirish unga salbiy ta’sir qildi”

30 dek 2017, 01:28
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar hujumchisi Paulo Dibala bilan bog'liq vaziyat haqida fikrini bildirdi.

“Bizning u bilan munosabatlarimiz mutlaqo o'zgarmagan. Dibala uch yil ilgari “Yuventus”ga kelgan va bu davr ichida yaxshigina o'sishga erishdi. “Yuventus”da unga judayam ishonishadi, chunki u jamoaga ko'p narsa bera oldi. O'ylashimcha, unda yanada o'sish uchun katta imkoniyatlar bor.

Mavsum boshida uni Neymar, Messi va Ronaldu bilan tenglashtirishlari biroz salbiy ta’sir o'tkazdi. Baxtimizga u aqlli yigit. U 24 yoshli futbolchini 10 marta “Oltin to'p”ni yutgan Messi va Ronaldu bilan tenglashtirib bo'lmasligini yaxshi tushunadi. Pauloni kim bila tenglashtirishmasin, u o'z yo'lida davom etishi lozim. Uning o'ziga xos iqtidori bor va u ushbu sifatlarini yanada oshirish haqida o'ylashi lozim.

Gap faqat Dibala haqida emas. Dibala bu eng katta muammo ham emas. Shunday yigitlar borki, maydonda yarim soat uynaydi va uning narxi allaqachon 40 millionni tashkil etadi”, deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Manba: As