Mashg'ulotga kech qolgan 20 ming funt jarima to'laydi. "Chelsi"dagi "shtraf"lar ro'yxati

Aslanov Jasurbek
13 noya 2019, 12:48
Buyuk Britaniyaning DailyMail nashri "Chelsi"dagi jarimalar ro'yxatini taqdim etdi.

Unga ko'ra, jamoa yig'ilishiga kech qolsangiz, har bir daqiqa uchun 500 funt to'laysiz.

"Chelsi"dagi jarima turlari
Qoidabuzarlik turiJarima miqdori (funt)
O'yin kunida kech kelish yoki jo'nab ketishga kechikish2 500
Mashg'ulotning yo'qlama vaqtiga kech qolish2 500 (har 15 daqiqa uchun)
Trenajyor zalidagi mashg'ulotga kechikish1 000
Davolanishga kechikish2 500
Jamoa yig'ilishiga kech qolish500 (har daqiqa uchun)
Mashg'ulot startiga kechikish20 000
Yig'ilish yoki ovqatlanishda telefon jiringlab qolsa1 000
O'yin kuni noto'g'ri kiyim kiyish1 000
Jamoa tadbirlarini sababsiz o'tkazib yuborish5 000
Kasali yoki jarohati haqida kech ma'lumot berish10 000

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail