"Mashal" "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda

2 noya 2015, 23:53
"Mashal" Oliy liganing 29-turini Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

Bu o'yinga jamoamiz tayyorgarlikni poytaxtda olib bormoqda.

"O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilayotgan jamoamiz bugun tayyorgarlik mashg'ulotlarini "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda olib bordi. Ertaga o'yin oldi mashg'ulotlar "Lokomotiv"ga qarashli stadionda davom ettiriladi.


Ertaga jamoa yoshlari bahsi 14:00 da TTYMI stadionida, asosiy tarkib jamoalari o'yini esa 4 noyabr kuni TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida 14:00 da bo'lib o'tishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcmashal.uz