"Mashal" barcha legionerlari bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022, 16:11
Bu haqda Muborak klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mavsum  davomida "Mashal" jamoasi sharafini himoya qilgan ukrainalik Mikola Agapov va Sergey Molochko, nigeriyalik Ojo Mozes muborakliklar safini tark etdi. 

Agapov Pro liga joriy mavsumida 17 o'yinda 8 ta gol urgan bo'lsa, Molochko 8 o'yinda 1 ta to'p kiritdi, Mozes esa 17 o'yinda qatnashib, 1 marta sariq kartochka oldi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" Pro liga yakuniga etgan mavsumini 33 ochko bilan 5-o'rinda tugatgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати