Ilyos Zeytullaev: "Qachonki senda g'alaba qozonish qo'rquvi bo'lsa, baribir yutqazasan"

Sherzod Nurmatov
29 okt 2026, 17:50
"Kattaqo'rg'on" hamda "Olimpik-MobiUz" (1:2) o'rtasida Proliga 20-turining qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahsdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Hammamiz juda xafamiz. Shaxsan o'zim bunday natijani kutmagandim, chunki umid bor edi. O'ylaymanki, futbolda hech narsa shunchaki bo'lmaydi. Biz birinchi 30 daqiqani yaxshi o'tkazdik, tetik edik, lekin "Olimpik-MobiUz" o'yinchilari baribir yosh, 20-21 yoshda, shuning uchun har bir o'yindan keyin ularning tiklanishi juda tez kechadi. O'ylaymanki, bugun o'yinchilarning katta charchog'i o'z ta’sirini ko'rsatdi, chunki har to'rt-besh kunda o'ynash juda og'ir. Shuning uchun raqib futbolchilari bizdan o'zib ketishdi va ancha tetikroq edi. Yigitlar harakat qilishdi, lekin futbolda hech narsa shunchaki bo'lmaydi. Xotirjam o'tirib, muammoni o'rganamiz.

- Endi Superligaga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Jamoada 3 ochko bor ("TerDU" ustidan texnik g'alaba nazarda tutilmoqda - tahr.), oxirida "Paxtakor farm" bilan o'yin bor.

- O'ylaymanki, taqdir o'z qo'limizda edi. Hozir endi bizga bog'liq emas, boshqa natijalarga bog'liqmiz. Ha, oldinda yana 6 ochko bor, uchtasi bizda bor va oxirgi uchtasi qoldi. Bu juda alamli, chunki hammasiga o'zimizga bog'liq edi. Nima uchun shunday bo'lganini o'rganish, tahlil qilish kerak. Qachonki senda g'alaba qozonish qo'rquvi bo'lsa, baribir yutqazasan. Bu "Lochin" bilan o'ynaganimizda ham sodir bo'lgandi va bugun ham 1:0 dan so'ng hammasi yaxshi kechayotgandi, lekin keyin psixologiyada nimadir yuz beradi. G'alaba qozonishni xohlagandik va bu o'xshamaganidan juda afsusdaman.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia