Martin Shkrtel: "Ayb juda yaxshi o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2015
"Liverpul" himoyachisi Martin Shkrtel "Beshiktosh"ga qarshi (1:0) o'yinda o'z jamoadoshi Jordan Aybning harakatlariga yuqori baho berdi.

"Natija yaxshi bo'ldi. Jordan Ayb juda ajoyib harakat qildi. U "Everton"ga qarshi o'zining birinchi uchrashuvida zo'r o'ynadi va endi shu ruhda davom etyapti. "Beshiktosh" kuchli ekanligini bilgan edik. Ular Turkiya chempionatida yetakchilik qilishyapti. Asosiysi natija. Biz gol o'tkazib yubormadik va mehmonda o'z kuchimizga ishonamiz" - deydi Shkrtel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru