"Marsel" Malinovskiyni ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023
Klub ukrainalikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida.

Fransiyaning "Marsel" klubi "Atalanta"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyni yanvar oyidagi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda.

Italiya klubi birinchi taklif rad etilgach, ikkinchi taklifni yuborishga hozirlik ko'rmoqda.

"Marsel" hozircha Malinovskiy shartnomasini to'liq sotib ololmaydi, ammo ular ukrainalik futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi.

Shuningdek, "Marsel"ning Malinovskiy uchun kurashdagi raqibi "Tottenxem" ekanligi qayd etilgan.

Ruslan 2022/23 yilgi mavsum bergamoliklar safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

Ma'lumot uchun, Ukraina terma jamoasi futbolchisining "Atalanta" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb