Mourinyu: "Gapimni eslab qoling: "Endrikni ijaraga berib bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
15 okt 2026, 15:15
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan (4:3) so'ng bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan hujumchi Endrikni qo'llab-quvvatladi.

"Uning qanchalik iqtidorli ekanini bilaman. Kecha ham aytgandim: Endrik qoladi va biz uning rivojlanishiga yordam beramiz.

"Roma" himoyachilari charchab qolishdi va uni to'xtatib qola olishmadi, ayniqsa, Diomandega qarshi 70 daqiqalik o'yindan keyin. Gapimni eslab qoling: "Endrikni ijaraga berib bo'lmaydi", – dedi Mourinyu.

2.jpg

"Real" 6 ochko jamg'arib, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. "Roma" esa 1 ochko bilan 25-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com