Marotta: "Allegri kelasi haftada "Yuventus" bilan shartnoma uzaytiradi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2016, 18:45
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta klub keyingi haftada jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan shartnoma uzaytirishi tasdiqladi.

Mutaxassis bilan amaldagi kelishuv 2017 yilgacha belgilangan.

"Allegri bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Uning ishidan mamnunmiz va u bilan shartnoma uzaytiriladi. Massimilano bilan kelishuv yakuniga yetishini istamaymiz, shu sababli keyingi haftada u yangi bitimga imzo chekadi. Yangi shartnoma - bu shunchaki rasmiyatchilik, chunki tomonlar hamkorlikni davom ettirmoqchi" - deydi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport