Marko Roys jarohat sabab Germaniya mashg'ulotini o'tkazib yubordi

Tolibjon Qosimov
13 noya 2018, 15:40
"Borussiya D" yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya terma jamoasining bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

Bu haqda Germaniya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Roys oyog'ini shikastlab olgan.

Germaniyaning bugungi mashg'ulotida 20 nafar o'yinchi qatnashdi. Markodan tashqari Toni Kroos ham mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Sababi, "Real" yarim himoyachisi terma ixtiyoriga 16 noyabr kuni keladi.


Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan 22 nafar o'yinchi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/DFB_Team_EN