Markinos – "Barselona" bilan o'yin haqida: "Endi Neymar biz uchun o'ynayapti"

14 dek 2020, 21:54
PSJ himoyachisi Markinos YCHL nimchorak finalida o'tkazilishi kutilayotgan "Barselona"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bu juda ajoyib o'yin bo'ladi. "Barselona"ga qarshi jiddiy tayyorlanishimiz kerak, chunki bu bosqichga kuchsiz raqiblar yetib kelmaydi.

2017 yilgi voqea? Biz juda o'zgardik va etuklashdik, endi barchasi boshqacha bo'ladi. O'shanda Neymar bizni sindirgandi, ammo hozir u PSJda. U "Barsa"ga qarshi o'ynashni istaydi va g'alaba qozonishimizga yordamlashadi", - Markinosning so'zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi 1-o'yin 16 fevral kuni Ispaniyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo