Mario otalik baxtiga muyassar bo'ldi

8 iyun 2020, 23:44
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce oilasida quvonchli kun.

Futbolchining rafiqasi, germaniyalik model Ann-Katrin Bryommel futbolchiga o'g'il farzand tuhfa etdi.

“Farzandimiz Rim 5 iyun kuni dunyoga keldi. Biz baxtlimiz! Rim va uning oyisi o'zini yaxshi his qilmoqda”, deya yozib qoldirdi Mario o'zining Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Gyotce va Bryommel 2012 yildan buyon uchrashib kelishadi. 2018 yilning may oyida ular nikohdan o'tishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Гётценинг Инстаграм саҳифаси