

Dam olish kunlari men Tunisga bordim va Ali Bin-Nosir bilan uchrashdim, u 1986 yil Meksikada o'tgan Jahon chempionatida Angliyaga qarshi o'yinni boshqargandi.
Men unga o'z futbolkamni sovg'a qildim, u esa xona devorida osilib turgan suratni menga taqdim etdi. Ali - abadiy do'stimdir, - deb yozadi Maradona o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinda Maradona qo'li bilan gol urgan, hakam esa buni ko'rmay golni hisobga olgandi.




