Maradona: "Pochettino dunyoning eng yaxshi klubini boshqarishi kerak"

Mirjalol Normatov
17 dek 2019, 20:45
Argentina futboli afsonasi Diego Maradona "Boka Xuniors"ni boshqarishni istamaydi.

"Klubga qaytmayman. "Boka" rahbariyati bilan kelisha olmayapman. Klub prezidenti Xorxe Amor Amile jamoani achinarli holatga solib qo'ydi. U klub vice-prezidenti bilan barcha muammolarni bartaraf etishni istagandi.

Ayni damda u erga qaytishni istamayman. Biroq bu erga Maurisio Pochettinoni ishga olgan bo'lardim. Unga qo'ng'iroq qilib, dunyodagi eng yaxshi jamoani boshqarishini iltimos qilish kerak", - dedi Maradona.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express