"Oklend" 1 mln dollarni futbolchilar hamda xodimlar o'rtasida taqsimlamoqchi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025, 20:17
"Oklend Siti" darvozaboni Sebastyan Sigandaning manbaga ma'lum qilishicha, klub Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida "Boka Xuniors" bilan 1:1 hisobidagi durang uchun olgan mukofot pullarini futbolchilar va xodimlarga bermoqchi.

Yangi Zelandiya klubi durang uchun 1 mln dollar oladi. 

Bu jamoa tarkibida boshqa kasbda ishlaydigan yarim professionallar borligi bilan nom qozondi. Xususan, argentinaliklar bilan so'nggi o'yinda maktab o'qituvchisi Kristian Grey hisobni tenglashtirdi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/DSportsRadio