"Boka Xuniors"ning afsonaviy murabbiyi olamdan o'tdi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025
Futbol olami katta yo'qotishga uchradi: Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi.

Uning vafoti haqida klub rasmiy sayti e'lon qildi.

Russo sentyabr oyida siydik yo'llari infekciyasi asoratlari tufayli kasalxonaga yotqizilgandi. Davolanishga qaramay, Russoning ahvoli og'irlashdi va shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi.

Xayrlashuv maktubida "Boka" murabbiy o'zining so'nggi kunlarigacha futbolga bo'lgan cheksiz ishtiyoqini namoyon etganini ta'kidladi. Uning yordamchisi Klaudio Ubedaning so'zlariga ko'ra, Migel Anxel kasalxonada bo'lganida ham jamoa ishlari bilan qiziqib, bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lib turgan.

"U futbol bilan yashab, nafas oldi – maydonda ham, uning tashqarisida ham haqiqiy jangchi edi", – deyiladi klub bayonotida.

Migel Anxel "Boka Xuniors" klubida doimiy izini qoldirdi. U afsonaviy klubni uch marta boshqargan: 2007, 2020–21 va yana 2025 yilda. Aynan uning boshchiligida "Boka" 2007 yilgi Libertadores Kubogida g'olib chiqdi va Janubiy Amerikaning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biriga aylandi.

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Eronning "Istiqlol" jamoasida o'ynayotgan Jaloliddin Masharipov 2021/22 yilgi mavsum "Al Nassr"da Russo qo'l ostida o'ynagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bocajuniors.com.ar