

Championat.asia sayti jurnalistining "Katanets oldiga aniq vazifa qo'yildimi? Yoki Osiyo Kubogi JCH yo'lida qurbon qilinadimi?" mazmunidagi savoliga Ravshan Ermatov quyidagicha javob qaytardi:
- Yo'q. Katanets oldiga vazifa qo'yildi - Jahon chempionatiga chiqish. Ushbu vazifa bir necha bosqichda bajariladi. Osiyo Kubogidek katta musobaqa qurbon qilinmaydi. Katanets ham aytib o'tdi har bir mashg'ulotda g'olib bo'lishni istayman deb. Demak biz har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.



