Manuel Pellegrini: "Yaya Ture oxirigacha safdan chiqqan bo'lsa..."

Tolibjon Qosimov
14 apr 2014, 11:27
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini klub yarim himoyachisi Yaya Ture kamida bitta o'yinni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi kecha "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.

"Yaya keyingi o'yinda ishtirok etmasa kerak. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. Agar Ture mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo'lsa bu kuchli zarba bo'ladi", - deydi Pellegrini Sky Sports nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net