Manuel Noyer YCHL finaliga chiqishga ishonmoqda

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2016, 19:40
"Bavariya" futbolchisi Manuel Noyer "Atletiko"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) ham finalga chiqishga ishonmoqda.


"Atletiko"ga qarshi bo'ladigan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Shunga qaramay, birinchi bo'limda bizga og'irlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi o'yin ko'rsatdik. Afsuski, safardagi o'yinda gol kirita olmadik.

Oldimizda hali 90 daqiqa turibdi va biz u o'yinda gol o'tkazib yuborishni istamaymiz. Javob o'yinida muxlislarimiz bilan birgalikda nimalarga qodir ekanligimizni namoyish etmoqchimiz. Finalga chiqa olishimizga ishonamiz", - deydi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbayern.de