Mane Senegalning JCH uchun qaydnomasiga kiritiladi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022
Germaniya grandi "Bavariya" safidagi so'nggi o'yinida jarohat olgan Sadio Mane Senegal terma jamoasining JCH-2022 uchun qaydnomasidan joy oladi.

Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Aniq aytishimiz mumkin – Sadio albatta mundial ro'yxatiga kiritiladi", – deya xabar berdi manba.

Mane tez orada qo'shimcha ko'riklardan o'tadi.

30 yoshli senegallik ushbu mavsum Bundesligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fsfoot.sn