"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisida yurak kasalligi borligi aniqlandi!

Mirjalol Normatov
21 dek 2019, 19:46
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, ayni damda "Ayaks" sharafini himoya qilayotgan Deyli Blindning sog'lig'ida muammolar borligi aniqlandi.

Qayd etish kerak, futbolchi Yevropa chempionlar ligasi doirasida "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda o'zini biroz yomon his qilgandi.

O'yindan keyin esa shifokorlar futbolchining yuragida muammolari borligini aniqlashdi va "yurak mushaklarining yallig'lanishi" tashxisini qo'yishdi.

Hozircha futbolchi qancha muddatni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi aniq emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal