"Manchester Yunayted"ning "Arsenal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum qilindi, Pogba Londonga ketmagan

Mirjalol Normatov
31 dek 2020, 21:08
Ertaga APLning 21-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Angliya matbuoti mankunianliklarning "kanonirlar"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini ma'lum qildi. Qayd etish kerak, jamoaning Londonga jo'nab ketgan tarkibida Pol Pogba ko'rinish bermagan.

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant

Himoyachilar: Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelof, Jons, Uilyams, Yang, Shou

Yarim himoyachilar: Matich, Fred, Pereyra, Lingard, Jeyms, Mata 

Hujumchilar: Reshford, Marsyal, Grinvud, Chong, Gomes

Oldinroq "Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkinligini, biroq u hali ham tiklanishga ulgurmaganini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/utdxtra