"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Tolibjon Qosimov
25 dek 2017, 13:01
"Daily Express"ning ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted"ning belgiyalik tayanch yarim himoyachisi Maruan Fellaini yana bir bor amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.

U klubni tark etish istagini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan. Shuning uchun, Fellaini 1 yanvardan istalgan klub bilan muzokaralar olib borishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Express