"Manchester Yunayted" "Sautgempton" yetakchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
20 may 2021, 00:29
"The Telegraph" xabariga ko'ra, MYU ushbu yozda hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"Qizil iblislar"ning maqsadlaridan biri – "Sautgempton" forvardi Denni Ingzni qo'lga kiritish.

Qayd etilishicha, MYU allaqachon 28 yoshli angliyalikning tranfseri haqida ma'lumot so'ragan. Klub 2020 yil yanvarida Ingzning o'tishini muhokama qilgandi, ammo keyin Odion Igaloni ijaraga olishni maqul topgandi.

Ingz joriy mavsumda APL doirasidagi 28 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph